Kafedra 1920 yili tashkil topgan.

Nikolay Nikolaevich KlodnitskiyBirinchi kafedra mudiri tibbiyot fanlari doktori, professor Nikolay Nikolaevich Klodnitskiy (1868-1939) bo’lgan. Klodnitskiy Turkiston Davlat Universtiteti tibbiy fakulьtetining asoschilaridan biri edi. U taniqli epidemiolog va yuqumli kasalliklar mutaxassisi bo’lib, o’lat kasalliklari bo’yicha ishlari bilan tanilgan. U kafedrani 1924 yilgacha boshqargan.

 

 

1951-1952 yillarda Isay Davidovich Itskovich (1900-1952) kafedra mudiri bo’lgan – tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent,  Ikkinchi Jahon Urushi qatnashchisi.

 

 

1952 yili yuqumli kasalliklar kafedrasi tropik kasalliklar kafedrasi bilan birlashtiriladi va kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari doktori, professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan fan arbobi Tursun Xodjaevich Najmitdinov   (1901-1972) tayinlanadi.


Pedatriya fakultetining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi


1972-1987 yy. Kafedralar ajralganidan so’ng Toshkent Davlat Tibbiyot Instituti pediatriya fakulьtetining bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasiga t.f.d., professor, respublikada xizmat ko’rsatgan shifokor va fan arbobi Xasana Axmedjanovna Yunusova (1916-2005) kafedra mudiri etib tayinlandi.

1982-1984 yy.  Bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi tashkil etilganidan so’ng kafedra mudiri etib tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Daminov T.O. tayinlandi.

1984-1987 yy. Kafedra mudiri sifatida tibbiyot fanlari nomzodi, dotsent Saъdulla Nusratullaevich
Nusratullaev  (1939-1994) faoliyat ko’rsatgan.
1987-1990 yy. Kafedra mudiri sifatida prfessor Maxmudov Orxan Serajetdinovich faoliyat ko’rsatgan.

O’sha yillarda kafedrada dotsentlar: A.I. Kamilov, X.B.Magzumov, M.M.Axmedov, S.N.Nusratullaev, assistentlar: N.S.Agzamxodjaeva, M.A.Gaybullaeva, D.I.Xodjaeva, S.V. TSыpkina, I.V.Pashutina, A.G.SHamsutdinova, D.I.Maxmudova, G.M.Kurbanova faoliyat ko’rsatganlar.


Даминов Тургунпулат Абидович1990 yildan 2012 yilgacha kafedra mudiri sifatida O’zR FA akademigi, t.f.d., professor, O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan vrach, Polsha tibbiyot  akademiyasi akademigi, Rossiya Federatsiyasi tibbiy va texnika fanlari akademiyasi akademigi Daminov Turgunpulat Obidovich faoliyat ko’rsatgan. T.O.Daminov «Do’stlik» ordeni, «El-yurt hurmati» ordeni,  Albert Shveytser nomidagi xalqaro oltin medali bilan taqdirlangan. T.O.Daminov rahbarligida 18 ta doktorlik va 40 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Ularning shogirtlari orasida O’zbekiston va MDH mamlakatlarida ish olib boryatgan  taniqli olimlar, rahbarlar va sog’liqni saqlash tizimida mansabdorlar  ko’p.  500 dan ortiq ilmiy ishlar chop etilgan.


Davolash va stomatologiya fakultetlari yuqumli kasalliklari kafedrasi


Tursun Xodjaevich Nadjmiddinov – kafedra mudiri sifatida 1952 yildan 1968 yilgacha ishlagan. 1968 yildan boshlab esa ushbu kafedrada professor maslahatchi bo’lib faoliyat olib borgan. Nadjmiddinov T.X. bezgak kasalligi bo’yicha 1936 yilda nomzodlik dissertatsiyasini, 1944 yilda esa doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 100 dan ortiq ilmiy ishlar va monografiyalar chop etilgan.

Shavkat Nazarovich Nazarov – 1988 yildan boshlab Toshkent tibbiyot instituti yuqumli kasalliklar kafedrasi mudiri bo’lib ishlagan. 1970 yilda nomzodlik, 1983 yili doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. 146 ta ilmiy ishlar, 18 ta uslubiy ko’rsatmalar muallifi. Nazarov SH.N. rahbarligida 5 ta doktorlik va 14 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan. Professor SH.Nazarov Nyu-York fanlar akademiyasi aъzosi bo’lgan. «Veteran truda» medali bilan taqdirlangan

O’sha yillarda kafedrada professorlar: Axmedova M.D., Valiev A.G., Babaxodjaev S.N., Osipova S.O. Dotsentlar: Xalilov X.S., YAkubov X.K., Karimova M.T., Niyazova T.A. Katta o’qituvchilar: Abidov A. B., Baxramova F.M. Assistentlar: Kurbanova F.I., Abdushukurov A.A., Xaydarova U.K., Kamalova N.X., Xikmatova Z.S., Mirxaitova M.T., Mirzajanova D.B., Bobojonov SH.J., Abdullaeva N.B. ishlaganlar.


Ахмедова Муборахон ДжалиловнаMuborak Djalilovna Axmedova – 1990 yildan 2012 yilgacha kafedra mudiri sifatida faoliyat olib borgan. Axmedova M.D. Rossiya Federatsiyasi tibbiy va texnika fanlari akademiyasi xaqiqiy aъzosi, Evro-Osiyo infektsionistlari jamiyatining vitse-prezidenti, 2000-2012 yillarda O’zR SSV EMYUKITI direktori bo’lgan. “O’zbekiston Respublikasi Sog’liqni saqlash aъlochisi” medali bilan taqdirlangan. 2012 yildan xozirgi vaqtgacha kafedra professori lavozimida ishlab kelmoqda.

Professor M.D.Axmedova o’z ilmiy faoliyatida ichak infektsiyalari, virusli infektsiyalar, parazitar va o’ta xavfli kasalliklarning patogenezini, klinikasi, davolash va profilaktika masalalariga katta eъtibor qaratadi. 400 dan ortiq ilmiy maqolalar muallifi. M.D.Axmedova rahbarligida 2 ta doktorlik va 31 ta nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.

Karimova Mavlyuda Turabdjanovna – t.f.n., dotsent, kafedra mudiri sifatida 2012-2013 yillarda faoliyat ko’rsatgan. Karimova M.T. TTA Ilmiy Kengashi va O’zbekiston infektsionistlari jamiyatining aъzosidir. 70 dan ortiq ilmiy ishlar muallifidir. 2013 yildan shu vaqtgacha TTA YUqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasida “Yuqumli kasalliklar” magistratura yo’nalishining dastur direktori sifatida ishlab kelmoqda.


Pediatriya va tibbiy-sanitariya fakultetlari yuqumli kasaliklari kafedrasi


A.L.Katsenovich – 1954 yildan 1962 yilgacha kafedra mudiri sifatida faoliyat ko’rsatgan. Davolash, ilmiy va pedagogik mexnatlari xisobga olinib, A.L.Katsenoviya 1944 yilda O’zSSR faxriy fan arbobi unvoni bilan taqdirlangan. U faoliyati davomida 52 tadan ortiq yuqumli kasalliklar bo’yicha ilmiy ishlar yozgan. Uning rahbarligi ostida 10 ta nomzodlik dissertatsiyasi himoya qilingan.

 

 

V.M.Madjidov – 1962 yildan 1972 yilgacha kafedrani kafedra mudiri sifatida boshqargan. V.M.Madjidov t.f.d., professor bshlib, u tomonidan 90 dan ortiq ilmiy maqolalar, 6 ta monografiya va 3 ta uslubiy tavsiyanoma yozilgan. Uning rahbarligi ostida 1 ta doktorlik va 16 ta nomzodlik dissertatsiyalari ximoya qilingan. 1972 yilda O’rta Osiyo Pediatriya tibbiyot instituti tashkil etilganidan so’ng ushbu kafedra xodilmrining asosiy qismi ushbu yangi institutning yuqumli kasalliklar va epidemiologiya kafedrasiga o’tqaztlgan va o’z faoliyatlarini davom ettirganlar.


2013 yilda kafedralar qo’shilib Toshkent tibbiyot akademiyasida yangi Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari kafedrasi tashkil topdi


Tuychiev Laziz Nadirovich – ushbu kafedraga kafedra mudiri etib tayinlandi. L.N.Tuychiev t.f.d., professor, TTA rektori. 1998 yilda «Virusnыy gepatit V u detey: voprosы prognozirovaniya isxodov» mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini himoya qilgan.  2005 yilda «Kliniko-immunologicheskie osobennosti HBV-infektsii u detey, infitsirovannыx razlichnыmi genotipami virusa» mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. Uning hozirgi kundagi asosiy ilmiy yo’nalishi – virusli gepatitlar, OIV infektsiyasi va ayrim boshqariladigan infektsiyalar (rotavirus va pnevmokokk infektsiyalari) klinik-immunologik va epidemiologik jihatlarini o’rganishdir.