1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumida 06.01.2026 yil sanasida o‘qituvchilar uchun “Meningit va qon orqali yuqadigan kasalliklar hamda bu borada zamonaviy ta’lim metodlaridan foydalanish” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.
Seminar Toshkent davlat tibbiyot universiteti “Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasi xodimlari dotsent Tashpulatova Sh.A., assistent Maksudova Z.S. va assistent G‘aybullayev F.X.lar tomonidan olib borildi.
Seminar davomida meningit kasalligining etiologiyasi, klinik belgilari, yuqish yo‘llari va profilaktik choralari, shuningdek, qon orqali yuqadigan kasalliklarning epidemiologik xususiyatlari va ularning oldini olish masalalari ilmiy asosda yoritib berildi.
Mazkur seminar o‘qituvchilarning yuqumli kasalliklar bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini oshirish, sanitariya-gigiyena madaniyatini mustahkamlash hamda ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik yondashuvlarni qo‘llash imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.









