O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat siyosati va boshqaruvi akademiyasida “Ilmiy izlanishlar, innovatsiyalar, yangi bilim va texnologiyalarni yaratish hamda ularni amaliyotga joriy etish imkoniyatlarini rivojlantirish” (R&D) mavzusida navbatdagi 3 bosqichli seminar o‘z ishini boshladi.
Koryo universiteti hamda Sanepidqo‘mita o‘rtasida hamkorlikdagi “O‘zbekistonda kasalliklar yukini kamaytirish, yuqumli kasalliklarga qarshi kurash tizimini takomillashtirish” loyihasi doirasida tashkil etilgan seminarda Sanepidqo‘mita, Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish markazi, Virusologiya ITI va Toshkent davlat tibbiyot universiteti mutaxassislari ishtirok etmoqda.
5 kunlik seminar doirasida Koreya Respublikasidan professorlar — Chxon Byonchol va Yun Yongkyon hamda tadqiqotchi Kim Jiyon (epidemiologiya va yuqumli kasalliklar sohasi bo‘yicha) tomonidan yuqumli kasalliklarni boshqarish yo‘nalishida milliy tadqiqot salohiyatini mustahkamlash, shuningdek, ilmiy maqolalar yozish bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari va treninglar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.







