Toshkent Davlat Tibbiyot Universitetining “Yuqumli va bolalar yuqumli kasalliklari” kafedrasidan dots. Imamova I.A., ass. Maksudova Z.S., ass. G‘aybullayev F.X. va boshqa o‘qituvchilar 24.12.2025 yil kuni 1-son Respublika Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumiga tashrif buyurishdi.
Mahorat darsi mavzusi “Yuqumli kasalliklar zamonaviy muommolari”. O‘quvchilarga Sog‘liqni saqlash sohasidagi ushbu yo‘nalish dolzarbligi haqida tushuntirildi va bu borada ular bilan qizg‘in suhbat o‘tkazildi.
Mahorat darsida o‘quvchilarga sog‘lom turmush tarzining eng asosiy masalalari haqida, jumladan to‘g‘ri ovqatlanishga, yomon odatlar oqibatlari, shaxsiy gigiyena qoidalariga rioya qilish, inson immun tizimining xususiyatlari, kasallikka beriluvchanlik, jamoat joylarida tozalikni saqlash va sanitariya-gigiyena normalarining salomatlikka ijobiy ta‘siri haqida tushuntirish berildi.
O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha qiziqishlari tinglanib, ularning savollariga javob berildi. Ayniqsa, vaksinalar kasalliklarni oldini olishdagi roli, ularni yuqish usullariga ko‘proq to‘xtalib, chuqurroq ma’lumotlar berildi. To‘g‘ri ovqatlanish va muntazam sport mashg‘ulotlari bilan shug‘ullanish haqida to‘laqonli ma’lumotlar berildi.









